10 Aprel 2023 yil 359

‘g‘irlik: G‘ijduvon tumanida o‘zganing mulkiga ko‘z olaytirgan shaxs endi qonun oldida javob beradigan bo‘ldi

G‘ijduvon tumani IIB tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra, g‘ijduvonlik fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lgan bahosi 300 ming so‘mlik bir dona “Nokia” rusumli qo‘l telefonini yashash uyi oldida turgan, oq rangli “Damas” rusumli avtomashinasining old tarpedasi ustidan yo‘qolganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni, G‘ijduvon tumani "A.Qahhor" mahallasida yashovchi, 2005-yilda tug‘ilgan Y.J. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirgi kunda ushbu shaxsning boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech