30 Noyabr 2022 yil 841

Qo‘y o‘g‘rilari topildi.

Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan belgilangan maʼlumotga ko‘ra, 2022 yil 23 noyabrdan 24 noyabr kuniga o‘tar kechasi nomaʼlum shaxs, Buxoro shahar Suvobod aholi punktida yashovchi fuqaroning yashash xonadoni orqa tomonida joylashgan qo‘yxonasiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, u yerda saqlanayotgan bahosi 8.000.000 so‘mlik besh bosh qo‘ylarni yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan nomaʼlum tomonga yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor-surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Buxoro shahar Alpomish ko‘chasida yashovchi 1999 yilda tug‘ilgan Sh.Sh. hamda Qorovulbozor tumani Tinchlik mahallasida yashovchi 2003 yilda tug‘ilgan Q.Mlar oldindan jinoiy til biriktirib sodir qilganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Hozirda ushbu jinoiy guruh tomonidan viloyatimizning boshqa tumanlarida hamda qo‘shni viloyatlarda sodir etilib fosh etilmasdan qolayotgan chorva-mol o‘g‘irliklari bilan bog‘liq jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech