8 May 2023 yil
490
Uyining hovlisida "Kannabis” o‘simligini qonunga xilof ravishda yetishtirib kelgan shaxs ushlandi
2023 yil 3 may kuni Buxoro viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori-2023” tadbiri davomida 1957 yilda tug‘ilgan B.R. o‘zi istiqomat qiluvchi Buxoro shahar Mirdostim ko‘chasidagi uyining hovli qismida joylashgan tomorqa yer maydonida tarkibida giyohvandlik moddasi-tetragidrokannabinol mavjud bo‘lgan besh tup «Kannabis» (kanop) o‘simligini qonunga xilof ravishda ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi JK.ning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.