4 May 2023 yil 452

Umumiy ovqatlanish shoxobchasida fuqaroni do‘pposlagan shaxs qonun oldida javob beradi

Qorako‘l tumani "Chekirchi"  mahallasida yashovchi 1979 yilda tug‘ilgan J.z. 2023 yil 16 aprel kuni tuman IIBga murojaat qilib, 2023 yil 15 aprel kuni voyaga yetmagan o‘g‘li J.J. bilan birgalikda Olot tumani “Bayot” mahallasida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchasiga borgan vaqtida shu mahallada yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan A.M. va boshqalar hech qanday sababsiz uni va o‘g‘lini urib, tan jarohati yetkazganliklarini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 277-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech