20 May 2024 yil 793

Qurilishi tugallanmagan uydan kabellarni o‘marib ketgan shaxs ushlandi

2024 yil 15 may kuni nomaʼlum shaxs Buxoro shahrining Namozgoh ko‘chasidagi qurilishi tugallanmagan uydan bahosi 14.500.000 so‘mlik elektr sim kabellarini yashirin ravishda o‘g‘irlab olib, voqea joyidan nomaʼlum tomonga yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni G‘ijduvon tumanining Vazirshoh mahallasida yashovchi,1988 yilda tug‘ilgan U.A. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlangan.

Hozirgi kunda ushbu shaxsning boshqa xuddi shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech