26 Dekabr 2023 yil 1691

Urush faxriylariga Prezident tabrigi yetkazildi

Ko‘ksini orden-medallar bezagan Ahmad Muhsinov ayni navqiron 19 yoshida Buxoro shahridan harbiy xizmatga, aniqrog‘i, to‘g‘ri jangu jadal kechayotgan frontga chaqirilgan.

Ahmad Muhsinovning qariyb yigirma yillik faoliyati bevosita ichki ishlar tizimida kechdi. Bu davrda u yurt tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida turli lavozimlarda ishlagan.

Bugun, 26 dekabr kuni viloyat hokimi Botir Zaripov boshchiligidagi sektor rahbarlari Buxoro shahrining Chashmayu Ayub ko‘chasi, 9-uyda yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisiga Prezident tabrigi va Yangi yil sovg‘alarini yetkazishdi.

Ushbu fayzli xonadonda kechgan suhbatda Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti faxriylari davlatimizning doimiy eʼtiborida ekani taʼkidlanib, urush qatnashchisiga samimiy minnatdorlik izhor etildi.

Prezidentimizning Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga yo‘llagan Yangi yil tabrigini o‘qib eshittirilib, pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Text to speech