3 Fevral 2023 yil 665

Ushbu Qaror ichki ishlar organlarining fuqarolar hamda keng jamoatchilik bilan hamkorlikda, hamjihatlikda ishlashida muhim hujjat hisoblanadi

Prezidentimiz tomonidan 20 yanvar kuni “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yana-da yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Qaror imzolandi.

Hujjat bilan Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi tasdiqlandi.

Kodeks ichki ishlar organlari xodimlarini “Inson qadri uchun” tamoyili asosida tarbiyalash orqali aholining chinakam roziligiga erishishga qaratilgan.Undagi qoida va talablarga amal qilmaslik yoki ularni qo‘pol ravishda buzish xodimni ichki ishlar organlaridan xizmatdan bo‘shatishgacha bo‘lgan intizomiy jazo chorasini qo‘llash uchun asos bo‘ladi.

Hujjat bilan shuningdek, Ichki ishlar organlarida kadrlar salohiyati darajasini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Bundan tashqari, hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, boshqa vazifalar qatori inson omilini istisno etish hamda korrupsiya holatlarining barvaqt oldini olish maqsadida ichki ishlar organlarida kadrlar bilan ishlash, xizmatni o‘tash qoidalariga rioya etilishini taʼminlash, shuningdek, shaxsiy tarkib va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tizimini zamon talablariga mos ravishda to‘liq raqamlashtirish Departament faoliyatini ustuvor yo‘nalishlari etib belgilangan.

Shahob Hayitov

Romitan tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik

Text to speech