Uy sotib olishda o‘ta ehtiyot bo‘ling, firibgarlar domiga ilinib qolmang!
Olot tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra, “Bo‘ribek Chandir” mahallasida yashovchi fuqaro H.S. ga, hamqishlog‘i X.B. qurilishi tugallanmagan bir uyining kadastr hujjatini ko‘rsatib, 15.000 AQSH dollariga sotishini aytib, 2022-yil 9-avgust kuni 2.800 AQSH dollari, 17-avgust kuni 1.200 AQSH dollari hamda 18-avgust kuni 1.000 AQSH dollari, jami 5000 AQSH dollari miqdoridagi pullarini go‘yoki tilxat asosida olib, uni aldab, qolgan pullarni uyning hujjatlarini rasmiylashtirganidan so‘ng olishini aytib, ammo ushbu uyning o‘zboshimchalik bilan qurilganligi sababli kadastr hujjatlarini rasmiylashtira olmasdan, na uyni va pullarini shu kungacha qaytarib bermasdan kelgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.