3 May 2023 yil 470

Uyida bangixona tashkil qilgan shaxs tezkor tadbir davomida fosh etildi

2023 yil 1 may kuni soat 18:00 larda G‘ijduvon tumani IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, G‘ijduvon tumani "Gulistonobod" mahallasida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan K.M. qasddan jinoyat sodir qilish yo‘liga o‘tib, G‘ijduvon tumani «Todon» mahallasida joylashgan o‘z uyida tanishlari A.Sh. va A.A.lar bilan birgalikda “Marixuana” giyohvandlik moddasini isteʼmol qilib, guruh bo‘lib giyohvandlik vositasini isteʼmol qilish uchun sharoit yaratib berib, bangixona saqlash jinoyatini sodir qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 273-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech