23 Fevral 2023 yil 399

Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish — oliy burchimiz! Bugun, 23 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Bahodir Mirzaraximov ishtirokida Buxoro shahar hududiga “Xavfsiz tun” tadbiriga jalb qilingan ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari va “Qalqon” guruhi aʼzolari ishtirokida navbatdagi kengaytirilgan tungi tezkor yo‘riqnoma o‘tkazildi.

 

Bunda, xizmatga jalb qilingan xodimlarga fuqarolar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish hamda tungi vaqtlarda jamoat joyi va turli ko‘ngilochar maskanlarda maqsadsiz yurgan shaxslarni aniqlab, zaruriy profilaktik tushuntirish ishlarini olib borish, ish samaradorligini oshirishga qaratilgan zaruriy topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Shundan so‘ng Vatanimiz tinchligi va el-yurt osoyishtaligini taʼminlash yo‘lidagi fidokorona xizmatlari, jinoyatchilikka qarshi kurash va uni oldini olish borasidagi samarali mehnati bilan hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan, ish samaradorligi yuqori bo‘lgan bir guruh xodimlar munosib taqdirlandi.

Text to speech