Vazir o‘rinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov tomonidan Buxoro viloyati transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi xodimlariga bir qator ustuvor vazifalar belgilab berildi
Vazir o‘rinbosari general mayor Baxodir Yuldashevich Mirzaraximov tomonidan transport obyektlarida baxtsiz hodisalar va jinoyat, huquqbuzarliklaring barvaqt oldini olish borasida Buxoro viloyati transportida xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasida xizmat olib borayotgan xodimlarining xizmat faoliyati atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Xususan temir yo‘l va aeroport xizmat hududiga qarashli bo‘lgan temir yo‘l kesishmalari, patrullik yo‘nalishlari hamda postlari, korxonalar, shuningdek, temir yo‘l tormoz bashmaklari va ularning saqlanishi atroflicha ko‘zdan kechirilib, harakat xavfsizligini taʼminlash borasida masʼul xodimlarga bir qator ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, aeroport va temir yo‘l bekati ishchilari va yo‘lovchi fuqarolar hamda xizmat hududlarida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash hamda xodimlar o‘rtasida ijro intizomi, qonunchilik talablariga qatʼiy rioya qilishlari, xodimlarning xizmat faoliyati ustidan kunlik nazoratni kuchaytirish, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.