Vazir o‘rinbosari Buxoro viloyatida aholi muammolarini aniqlash va hal etish, energetika va oziq-ovqat taʼminoti borasida amalga oshirilayotgan ishlar, hududlarning kriminogen vaziyatiga taʼsir etuvchi boshqa ijtimoiy-maishiy muammolarni bartaraf etish borasida o‘rganishlar olib bordi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Bahodir Mirzaraximov Kogon shahar markaziy dehqon bozorida bo‘lib, bunda sotuvchilar bilan suhbat jarayonida savdo, sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilish, ayniqsa, narx-navoni sunʼiy oshirib yubormaslik bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Shuningdek, kundalik oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari zaxirasini yaratish borasida amalga oshirilgan ishlar yaqindan o‘rganilib, ehtiyoj mollarining qo‘shimcha zaxirasini yaratish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Shu kuni Kogon shahar 9-sonli umumtaʼlim maktabida o‘quvchi yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar xususan, sinfxonalar va maxsus o‘quv kitoblar bilan taʼminlanganlik holati o‘rganildi.
Qolaversa Kogon shahridagi “Istiqlol” mahallasi faoliyati o‘rganilib, undagi “beshlik” faoliyati bilan yaqindan tanishildi va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
Jarayonda aholi muammolariga yechim topish, ularni ish bilan taʼminlash, hududda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirib jinoyatchiliknj oldini olish borasida tavsiyalar berildi.
Xususan, Kogon shahar ko‘p tarmoqli shifoxonasida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish holati ham o‘rganilib, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar, bemorlar hamda ishchi xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.
O‘rganishlar davomida Kogon shahar “Bunyodkor” MCHJ dagi “OPTIMA PLAST INVEST” MCHJ ning polietilen kapsulalar ishlab chiqarish sexi faoliyati ham joyida tanishildi hamda hududdagi “Yoshlik” sport majmuasida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.