22 Fevral 2023 yil 672

Vazir o‘rinbosari Buxoro viloyatida faoliyat olib borayotgan vazirlik tasarrufidagi organlar, harbiy qism va muassasalar faoliyatini yaqindan o‘rgandi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Bahodir Mirzaraximov O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlarining 7536-sonli harbiy qismda bo‘lib, harbiy xizmatchilarning jangovar-ruhiy holati va shaxsiy tarkib uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Bunda, harbiy xizmatchilarning xizmat o‘tashi hamda dam olishi uchun yaratilgan sharoitlar, harbiy qism yotoqxonasi va oshxonasida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinishi ko‘zdan kechirilib, masʼul shaxslarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Vazir o‘rinbosari 2022 yilda amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlili bilan tanishib, xizmat intizomini mustahkamlash va qonuniylikka amal qilish yuzasidan alohida yo‘riqnoma o‘tkazdi.

Shu kuni Respublika idoralararo ishchi guruhi tarkibidagi mas'ullar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi jazoni ijro etish departamenti oltinchi mintaqaviy hudud, mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi tasarrufidagi 1-sonli jazoni ijro etish koloniyasida ham bo‘lib, bunda muassasada jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

Shuningdek, hududni obodonlashtirish, turkum yotoqxonalari, oziq-ovqatlarni saqlash omborxonasi hamda boshqa maishiy xizmat ko‘rsatish xonalarining holati ko‘zdan kechirildi.

Tashrif davomida koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar bilan suhbatlashib, ularning muammolari o‘rganildi.

Text to speech