15 Aprel 2023 yil 450

Velosipedni o‘g‘irlab ketgan voyaga yetmagan shaxs ushlandi

G‘ijduvon tumani “Sarvari” mahallasida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan Sh.D. “102” avtomatlashtirilgan tizimiga qo‘ng‘iroq qilib, 2022 yilning 18 oyetyabr kuni o‘g‘li A.M.ga tegishli bo‘lgan velosiped tumandagi “Sayyor” to‘yxonasi oldidan o‘g‘irlab ketilganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni tumanning “Todon” mahallasida yashovchi, 2010 yilda tug‘ilgan 6-sinf o‘quvchisi voyaga yetmagan X.U. sodir qilganligi aniqlangan.

Hozirgi kunda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech