7 Iyun 2022 yil 498

Viloyat sektor rahbarlari Buxoro shahridagi bozor va savdo komplekslarida narx-navo barqarorligi hamda oziq-ovqat xavfsizligini o‘rgandilar

Xabaringiz bor, Buxoro viloyatining barcha hududlaridagi bozorlar, savdo komplekslari hamda mahallalarda aholiga yana-da qulaylik yaratish, oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining sunʼiy ravishda oshib ketishini oldini olish, fuqarolarimizning asosiy turdagi mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyoji va talablarini inobatga olgan holda arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlarining savdo yarmarkalari tashkil etilgan.

Bugun, 7 iyun kuni viloyat prokurori Maxmud Istamov, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Shuxrat Aliyev hamda Soliq boshqarmasi Maqsud Mamatxanovlar birgalikda Buxoro shahridagi To‘qimachi dehqon bozorida tashkil etilgan savdo rastalarida sotuvga chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va narxlari bilan yaqindan tanishdilar.

Mutasaddilar oziq-ovqat mahsulotlarining tanqisligini oldini olish, narx-navoni meʼyorida saqlash, narxlarning sunʼiy ravishda oshib ketishini oldini olish, bozordagi tozalik, sanitariya holati borasida masʼullarga manzilli topshiriqlar berdilar.

Viloyatda bu kabi o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Text to speech