19 Sentyabr 2023 yil 2430

Viloyat 3 sektor rahbari Shofirkon tumanining "Quyi Chuqurak" mahallasida Obod xonadon», «Obod ko‘cha» va «Obod mahalla» dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi

Bugun, 19 sentyabr kuni Buxoro viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov joylarda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni o‘rganish hamda «Obod xonadon», «Obod ko‘cha» va «Obod mahalla» mezonlarini joriy etish, aholi bilan muloqot o‘tkazish va muammolarni bartaraf etish maqsadida viloyat 3 sektor hududiga kiruvchi Shofirkon tumanining "Quyi Chuqurak" mahallasida bo‘ldi.

Boshqarma boshlig‘i dastlab mahalla hududiga biriktirilgan viloyat 3 sektor shtabi aʼzolari bilan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni belgilab olish maqsadida yo‘riqnoma o‘tkazdi.

Shundan so‘ng "Quyi Chuqurak" mahallasida yo‘l, kommunikatsiya tarmoqlari, infratuzilma holatini yaxshilash, elektr taʼminoti, ichimlik suvi bilan taʼminlash darajasini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.

Jarayonda dastur doirasida amalga oshiriladigan ishlarni sifatli, zamon darajasida tez fursatlarda tugatib mahalla ahli ixtiyoriga topshirish kerakligi borasida ko‘rsatmalar berildi.

Text to speech