16 Noyabr 2023 yil
2108
Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining G‘ijduvon, Shofirkon Vobkent tumanlari fuqarolari uchun ommaviy sayyor qabuli tashkil etildi
Tegishli topshiriqqa asosan Buxoro viloyati fuqarolaridan kelib tushayotgan sud-huquq masalalari bo‘yicha murojaatlarni aholi bilan bevosita har tomonlama chuqur o‘rganish va qonuniy hal etish maqsadida G‘ijduvon tumanida G‘ijduvon, Shofirkon hamda Vobkent tumanlari fuqarolari uchun Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimovning sud-huquq masalalari bo‘yicha sayyor qabuli o‘tkazildi.
Unda fuqarolarning 10ga yaqin turli mazmundagi murojaatlari qabul qilinib, 4 tasi joyida ijobiy hal etildi va qolgan murojaatlar muddat talab etganligi sababli masʼullarga yo‘naltirilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.