30 Iyun 2023 yil 439

Viloyat IIBda Ekspert-kriminalistika markazi va uning quyi tizimi xodimlari ishtirokida navbatdagi muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi

Tashkil etilgan mazkur yig‘ilishda viloyat IIB Ekspert-kriminalistika markazi hamda shahar-tumanlar IIBlari EKX masʼul xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil etilib, bugungi kunda sohani rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Shu o‘rinda, ekspertlarning raqamli texnologiyalar hamda ilmiy-texnik vositalardan samarali foydalanish, ashyoviy-dalillarni topish, to‘plash, qayd etish va zaruriy ekspertizalarni tayinlashdagi rolini oshirish hamda ekspert-tadqiqot ishlarini olib borishda eng ilg‘or tajribalarga tayangan holda ish olib borish yuzasidan zaruriy tavsiyalar berildi.

Yig‘ilish yakunida viloyat IIB Ekspert-kriminalistika markazi va uning quyi tizimi xodimlariga zamonaviy kriminalistik chemodanlar topshirildi.

Yig‘ilishda viloyat IIB EKM boshlig‘i, podpolkovnik Bobur Fatullayev tomonidan topshirilgan maxsus chemodanlarda mavjud kriminalistik vositalar va ularni qo‘llash usullari, texnik tafsilotlari hamda hodisa joyini ko‘zdan kechirishdagi afzalliklari xususida batafsil tushuntirishlar berildi.

Taʼkidlash joizki, bu boradagi chora-tadbirlar kelgusida jinoyatlarni ekspert-kriminalistika xizmati imkoniyatlaridan samarali foydalanib, "issiq izi"dan fosh etishdagi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Text to speech