2 Fevral 2023 yil 529

Viloyatda taʼlim tizimida sodir etilgan jinoyatlarning sohabay muhokamasi o‘tkazildi

Bugun, 2 fevral kuni Buxoro viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i podpolkovnik Jonibek Boltayev ishtirokida taʼlim tizimi, umumtaʼlim maktablari rahbar va masʼul xodimlari, o‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar keng muhokama qilindi.

Yig‘ilishda xalq taʼlimi tizimi mutasaddilari, umumtaʼlim maktablarining direktorlari va o‘qituvchi hamda o‘quvchi yoshlari tomonidan sodir etilayotgan barcha turdagi huquqbuzarlik, jinoyatlar, shuningdek, yoshlar o‘rtasida uchrayotgan suitsid va o‘z joniga qasd qilish holatlari, erta turmush hamda erta tug‘ruq holatlari birma bir muhokama qilindi.

Yosh avlodni tarbiyalashga masʼul bo‘lgan mutasaddilarning jinoyatga qo‘l urishi achinarli hamda favqulodda holat ekanligi taʼkidlandi.

Kelgusida ushbu soha xodimlari va o‘quvchilari tomonidan barcha huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishini oldini olish borasida qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilanib, o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Text to speech