18 Iyul 2023 yil 755

Vobkent tumani: Oilaviy zo‘ravonlik uchun javobgarlik belgilandi

Joriy yilning 7-iyul kuni soat 21:00 larda Vobkent tumani “Latifsobungar” mahallasida yashovchi, 1984-yilda tug‘ilgan R.Sh. ismli shaxs yashash xonadonida turmush o‘rtog‘i 1986-yilda tug‘ilgan S.U. bilan oilaviy kelishmovchilik zamirida janjallashib, janjal vaqtida qo‘li bilan ayolining yuz va tanasining boshqa sohalariga qasddan urib, unga sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra o‘rta og‘irlikdagi tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan fuqaro R.Sh. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 126⊃1;-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech