14 Oktyabr 2022 yil 514

Vobkent tumanida Ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylari ishtirokidagi navbatdagi uch avlod uchrashuvi o‘tkazildi

Hayotda ko‘pni ko‘rgan, yillar sinovida toblanib, boy amaliy tajriba to‘plagan faxriylarning o‘git va maslahatlari yoshlar uchun chinakam ibrat maktabi hisoblanadi.

Shu nuqtai nazardan, ichki ishlar organlarida ham “ustoz-shogird” anʼanasini yo‘lga qo‘yish, faxriylar va yosh xodimlar ishtirokida uch avlod uchrashuvlarini tashkil etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Ichki ishlar vazirining joriy yil 28-sentyabr kunidagi “Ichki ishlar organlarida xizmat intizomi va xodimlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirish bo‘yicha targ‘ibot guruhlarini tashkil etish to‘g‘risidagi”gi farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida o‘tkazilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda ham ushbu ezgu maqsad mujassamdir.

“Keksalar haftaligi” doirasida Vobkent tumani IIBda navbatdagi “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi.

Bunda, Ichki ishlar vazirligi faxriylar kengashi raisi o‘rinbosari va aʼzolari, viloyat ichki ishlar boshqarmasi Faxriylar kengashi aʼzolari, ichki ishlar organlarida ko‘p yildan buyon faoliyat ko‘rsatayotgan tajribali xodimlar yoshlarga o‘z tajribalari haqida so‘zlab, Vatanga muhabbat, kasbga sadoqat, xizmat intizomiga rioya qilish, halollik, fuqarolar bilan muomala madaniyati kabi tushunchalarda o‘z maslahatlarini berdilar.

Shuningdek, uzoq yillar ichki ishlar organlarida samarali xizmat qilib, nafaqaga chiqqan I va II guruh nogironligi mavjud, yakka-yolg‘iz hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim faxriy xodimlarga alohida e'tibor qaratildi.

Bu kabi xayrli tadbirlar “ustoz-shogird” anʼanasining amaldagi ifodasi sifatida keksalar tajribasini yoshlar shijoati bilan uyg‘unlashtirishga, shu asosda soha xodimlarining qalbidagi Vatanga muhabbat, kasbga sadoqat tuyg‘ularini yana-da mustahkamlashga xizmat qiladi.

Text to speech