1 Avgust 2023 yil 491

Vobkent tumanida mahalla jinoyatchiligi boshqarma boshlig‘i tomonidan joyida muhokama etildi

Xabaringiz bor, Buxoro viloyati 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasidagi profilaktik tadbirlarning natijadorligi, ayniqsa, kriminogen vaziyati og‘ir, jinoyatlar ko‘p sodir etilgan “qizil” toifali mahallalarga borib, jinoyatchilik holatini joyida muhokama qilib bormoqda.

Jumladan, bugun, 1-avgust kuni jinoyatchilikning navbatdagi “mahallabay” muhokamasi Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov tomonidan viloyat IIB mutasaddilari, tuman hokimi, qator mas’ullar, va mahalla mutasaddilari ishtirokida Vobkent tumani “Latifsobungar” MFYda o‘tkazildi.

Mazkur mahallada joriy yilning bugungi kuniga qadar shaxsga qarshi qaratilgan jinoyat sodir etilgan bo‘lib, uning sabab va kelib chiqishiga omil bo‘lgan shart-sharoitlar birma-bir tahlil qilindi.

Boshqarma boshlig‘i tomonidan masʼullar ishtirokida o‘tkazilgan muhokama jarayonida mahallada jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mahalla mutasaddilari va profilaktika inspektorining hisobotlari tinglandi.

Muhokamada jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida sektor rahbari, mahalla mutasaddilari, profilaktika inspektori va boshqa mas'ul idoralar tomonidan amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Mahallada kelgusida og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi, ayniqsa oila turmush doirasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni oldini olish maqsadida, “fuqarobay”, “oilabay” va “xonadonbay” tizim, “Xavfsiz hovli” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi, hududiy Ichki ishlar bo‘limining tajribali xodimlaridan iborat yig‘ma otryad faoliyatini keng yo‘lga qo‘yish yuzasidan aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Text to speech