17 Iyun 2023 yil 425

Vobkent tumanida valyuta qimmatliklarining qonunga xilof muomalasi bilan bog‘liq jinoiy faoliyat fosh etildi

Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi idoralarining xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida Vobkent tumani “Vobkent” mahallasida yashovchi, 1975-yilda tug‘ilgan R.B. ismli shaxs qonunga xilof ravishda shofirkonlik boshqa bir fuqaroga 500 AQSH dollarini 5.725.000 so‘mga ayriboshlagan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro R.B. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 177-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech