25 Mart 2023 yil
512
Vobkentda obodonlashtirish boshqarmasi masʼul xodimi jinoyat ustida ushlandi
Vobkent tumani obodonlashtirish boshqarmasi “Daydi va qarovsiz qolgan hayvonlarni ovlash” brigadiri vazifasida ishlovchi I.S. bir fuqaroni aldab, uni vakolatli tanishlari orqali tuman obodonlashtirish boshqarmasiga elektrik vazifasiga ishga joylashtirish evaziga “pora” berishga dalolat qilib, firibgarlik yo‘li bilan undan 200 AQSH dollari berishni talab qiladi.
2023 yil 16 mart kuni Buxoro viloyati huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida I.S. Vobkent tuman I.Buxoriy ko‘chasida talab qilingan pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK. ning168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.