Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik hamda jinoyatlarning oldini olish borasidagi ishlar sarhisob qilindi
Bugun, 12 oktyabr kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida viloyatda joriy yilning o‘tgan to‘qqiz oyi davomida voyaga yetmaganlar o‘rtasida sodir etilgan huquqbuzarliklar va jinoyatlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishi o‘tkazildi.
Bunda, DXX hamda Ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari, viloyat hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, xalq taʼlimi masʼullari, shahar-tuman inspektor psixologlari ishtirok etishdi.
Muhokama yig‘ilishida o‘tgan davr mobaynida aynan mazkur yo‘nalishda sodir etilgan huquqbuzarliklar hamda jinoyatlarga birma-bir to‘xtalib , ularning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillar, mutasaddi idoralar hamda hududiy ichki ishlar organlarning masʼullari tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy tahlil qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan profilaktik tadbirlar xususida tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida jinoyatchilikni oldini olish va unga imkon bergan sabablarni chuqurroq o‘rganish, bunday shaxslar tomonidan sodir etilgan har bir jinoyatga favqulodda holat sifatida qarash taʼkidlandi.
Tadbir so‘ngida kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.