Voyaga yetmagan ikki nafar o‘spirinning hatti harakati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra, 2023-yil 1-iyun kuni soat 13:30 larda Buxoro tumanida yashovchi, 2008-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan Ch.Sh. ismli yigit, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, jamoat joyi sanalgan “Mustaqillik” mahallasi Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan avto bekat orqa tomonida boshqa bir voyaga yetmagan o‘spirin bola, Oybek” mahallasida yashovchi 2007-yilda tug‘ilgan N.A. bilan o‘zaro janjallashib, janjal vaqtida uning yuzi, burun va jag‘ sohasiga qo‘l mushti bilan urib, sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra o‘rta og‘irlikdagi tan jarohati yetkazib, bezorilik jinoyatini sodir qilgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.