31 Iyul 2023 yil 448

Voyaga yetmagan qizning shaʼnini va qadr-qimmatini kamsituvchi, sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi maʼlumotlarni oshkor qilgan shaxsga jinoyat ishi ochildi

Vobkent tumani Do‘stlik mahallasida yashovchi, 2004 yilda tug‘ilgan Sh.X. 2023 yil 30 mart kuni Toshkent viloyati Chirchiq shahrida o‘tkazilgan kattalar va o‘smirlar o‘rtasidagi og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida Namangan tumanida yashovchi, 2006 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan R.Z. ismli qiz bilan tanishib qolib, u bilan ishqiy munosabatlarga kirishib, shu davrda qizning intim holdagi foto va videotasvirlarini qo‘lga kiritadi.

2023 yilning 15 iyul kuni esa qo‘lga kiritilgan intim xususiyatga ega foto va videotasvirlarni qizning roziligisiz internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatib, uning shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi maʼlumotlarni oshkor qilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 141/3-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech