3 Iyun 2023 yil 519

Voyaga yetmagan yigitlarning bezorilik hatti-harakatlari yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Buxoro shahrida yashovchi, voyaga yetmagan 2006-yilda tug‘ilgan O‘.A. jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, 2023-yil 18-may kuni soat 15:00 larda Buxoro shahar “Sanʼat maktabi”ning tashqi hovlisida tengdoshi g‘ijduvonlik I.A. bilan janjallashib, janjal vaqtida unga sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazib, bezorilik jinoyatini sodir qilgan.

Mazkur holat yuzasidan shahar IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech