Voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklari profilaktikasida — huquqiy ong va huquqiy madaniyat muhim ahamiyatga ega
Joriy yilning 17-oktyabr kunida Buxoro viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenant Po‘lat Bobojonov huzurida o‘tkazilgan ishchi ishlar organlari rahbar va masʼul xodimlari bilan qo‘shma sayyor yig‘ilish bayonining tegishli bandlari ijrosi yuzasidan viloyat IIB boshlig‘ining farmoyishi ishlab chiqilib, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida qator chora-tadbirlar belgilab olidi.
Jumladan, shahar, tumanlar IIB boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari, sohaviy xizmatlar rahbar va biriktirilgan xodimlar tomonidan umumtaʼlim o‘rta taʼlim maktablarida haftada kamida bir marotaba “Huquqiy madaniyat” fanidan o‘quv smenari o‘tkazish amaliyoti joriy etildi.
Bunga ko‘ra, “profilaktika kuni” munosabati bilan barcha shahar va tumanlar ichki ishlar organlari masʼullari tomonidan o‘zlariga biriktirilgan maktablarda “Huquqiy madaniyat” fanidan seminar-o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilib, yoshlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan hamda ularning huquqiy savodxonligini oshirishga doir zaruriy maʼlumotlar berildi.
Viloyatda bu kabi chora-tadbirlar kelgusida ham qizg‘in davom ettiriladi.