18 Iyul 2023 yil 528

Voyaga yetmaganlar va xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik hamda jinoyatlarning oldini olish borasidagi ishlar ham sarhisob qilindi

Bugun, 18 iyun kuni Buxoro viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov viloyatda joriy yilning o‘tgan olti oyi davomida voyaga yetmaganlar va xotin-qizlar o‘rtasida sodir etilgan huquqbuzarliklar va jinoyatlar muhokamasiga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishini o‘tkazdi.

Bunda, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, sohaviy xizmatlar masʼullari, shahar-tuman inspektor psixologlari hamda xotin-qizlar maslalari bo‘yicha inspektorlari, shuningdek, o‘zaro hamkorlik memorandumiga ko‘ra Buxoro davlat universiteti professor o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Muhokama yig‘ilishida boshqarma boshlig‘i o‘tgan davr mobaynida aynan mazkur yo‘nalishlarda sodir etilgan huquqbuzarliklar hamda jinoyatlarga birma-bir to‘xtalib , ularning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillar, mutasaddi idoralar hamda hududiy ichki ishlar organlarning masʼullari tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy tahlil qilinib, kelgusida amalga oshirilish lozim bo‘lgan profilaktik tadbirlar xususida tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida Jinoyatchilikni oldini olish va unga imkon bergan sabablarni chuqurroq o‘rganish, bunday shaxslar tomonidan sodir etilgan har bir jinoyatga favqulodda holat sifatida qaralishi qatʼiy belgilandi.

Jarayonda "Hamkorlik memorandumi" asosida tuzilgan "Ilmiy tadqiqot markazi" aʼzolari tomonidan yig‘ilganlar uchun o‘quv-amaliy seminari ham o‘tkazildi.

Tadbir so‘ngida xizmat faoliyati davomida yuqori natijalarga erishib hamkasblariga o‘rnak bo‘lgan bir guruh xodimlar munosib taqdirlandi.

Text to speech