1 Iyun 2023 yil 509

Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida “Bolalar davlat himoyasidadir” mavzusida amaliy seminar-trening o‘tkazildi

Bugun, 1-iyun — “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Buxoro viloyati IIB JXX HPB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-xukukiy yordam ko‘rsatish markazida “Bolalar davlat himoyasidadir” mavzusida amaliy seminar-trening tashkil etildi.

Unda viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov hamda sohaviy xizmatlar rahbarlari, Xalq deputatlari viloyat Kengashining deputatlari, shahar tumanlardagi yoshlar bilan ishlash bo‘yicha masʼul rahbarlar ishtirok etdi.

Seminar avvalida boshqarma boshlig‘i so‘zga chiqib, mamlakatimizda yoshlar ayniqsa voyaga yetmaganlar masalalariga alohida eʼtibor qaratilayotgani, bunda aynan yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, nazoratsiz va qarovsiz qolgan voyaga yetmaganlarni tarbiyalanish yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan manzilli tadbirlar xususida so‘z yuritdi.

Shundan so‘ng markaz rahbari katta leytenant Shaxnoza Ibodova tomonidan Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan joriy yilning 4 oyi mobaynida olib borilgan ishlar haqida maʼlumot berildi.

Seminar davomida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan real voqealarga asoslanib ishlangan qisqa metrajli “Bolajonim, kechirgin meni” nomli filmning taqdimoti yig‘ilganlar eʼtiboriga havola etildi.

Maʼlumot o‘rnida: markaz Buxoro shahar “Fitrat” MFY Masjidi baland ko‘chasi 13-uyda joylashgan bo‘lib, 20 nafar voyaga yetmaganlarga mo‘ljallangan. Shundan 10 nafar o‘g‘il va 10 nafar qiz bolalar uchun moslashtirilgan. Qiz bolalar va o‘g‘il bolalar uchun alohida hojatxona hamda yuvinish xonalari, alohida yotoqxonalar, ovqatlanish xonasi va sinf xonalariga ega.

Joriy yilning shu kuniga qadar markazda jami 398 nafar voyaga yetmaganlar tarbiyalangan bo‘lib, ularning har biri bilan alohida psixologik, profilaktik tarbiyaviy ishlar olib borilgan.

Qizg‘in fikr-mulozalarga boy bo‘lgan tadbir yakunida 2022-2023 o‘quv yili davomida Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida tarbiyalanayotgan voyaga yetmaganlarning bilim salohiyatini  oshirishda o‘zining faolligi va faoliyati doirasida o‘quv mashg‘ulotlarini sifatli va samarali tashkil qilgani hamda amaliy yordam ko‘rsatganligi uchun bir qator mutasaddi va hamkor tashkilotlar vakillari boshqarma boshlig‘ining tashakkurnomasi va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, sana munosabati bilan markaz tarbiyalanuvchilariga bayram dasturxoni yozilib, boshqarma masʼullari va viloyat deputatlari birgalikda bir piyola choy ustida bolajonlar bilan dildan suhbat qurishdi.

Text to speech