14 Noyabr 2022 yil 734

Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining 68-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Bugun, joriy yilning 14 noyabr kuni Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi 68-sessiyasi o‘z ishini olib bordi.

Sessiya kun tartibiga qo‘yilgan masalalardan biri hisoblangan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyevning hisoboti tinglandi.

Viloyat 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘z hisobotida sektorga qarashli hududlarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida so‘z yuritib, mavjud muammolarni sanab o‘tdi.

Shundan so‘ng viloyatda joriy yilning 9-oylik davrida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga doir amalga oshirilgan chora tadbirlar, xususan, yo‘l-transport hodisalarining tahlili, jinoyatlarning hududiy sektor rahbarlari tomonidan joylardagi muhokamalari, mahallalarda ayollar va yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar natijadorligi bo‘yicha ham so‘z yuritdi.

Deputatlar, viloyat korxona va tashkilotlar masʼullari hamda va OAV vakillari ishtirokida o‘tgan sessiyaning ushbu masalasi qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘lib, har bir masala va ko‘tarilgan muammoning yechimi bo‘yicha Xalq deputatlari viloyat kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Text to speech