1 Mart 2023 yil
544
“Xavfsiz hudud” tadbirlari davomida uyida fohishaxona tashkil qilgan shaxs ushlandi
Viloyatimiz hududi bo‘ylab jinoyatchilikni oldini olish maqsadida “Xavfsiz hudud”, “Nazorat” hamda “Jamoat xavfsizligi oyligi” keng qamrovli tezkor hamda profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ushbu maxsus profilaktik tadbirlar davomida Kogon shahar Arabxona ko‘chasida yashovchi 1980 yilda tug‘ilgan A.G‘. ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda u moddiy manfaatdor bo‘lish maqsadida bir erkak va ayolni jinsiy aloqa qilishi uchun sharoit yaratib berib, buning evaziga ulardan 50.000 so‘m pullarini olganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.