“Xavfsiz hudud” tadbirlari doirasida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Giyohfurushlar qo‘lga olindi
Buxoro shahar Alpomish ko‘chasi 31-uyda yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan G‘.B. tanishi H.U. ga 500.000 so‘m evaziga giyohvandlik vositalarini yetkazib berishni oldindan vaʼda qilib, o‘zida avvaldan bo‘lgan qora rangli paketga o‘ralgan holdagi viloyat IIB EKB ning xulosasiga ko‘ra sof vazni 0,97 grammga teng bo‘lgan ozginadan ko‘proq miqdordagi «Gashish» giyohvandlik vositasini avvaldan kelishilgan Buxoro shahar To‘qimachi mahallasi Alpomish ko‘chasi 31-uyning oldida joylashgan beton to‘siq ostiga qoldirib ketish yo‘li bilan giyohvandlik vositasini sotish bilan shug‘ullanadi.
Buxoro shahar IIO MFB xodimlari tomonidan “Xavfsiz hudud” tadbirlari doirasida olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida 2023 yil 15 fevral kuni soat 22:00 larda mijozdan kelishilgan 500.000 so‘m pullarni olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.