22 Noyabr 2022 yil 152

“Xodimbay” ishlash tizimida tajriba almashilmoqda

Bugun, joriy yilning 22 noyabr kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.F.Shadiyev, “Xodimbay” ishlash tizimi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni ko‘rish va tajriba almashish maqsadida Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida, Ichki ishlar boshqarmasi va uning quyi tizimlarida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, shuningdek, shaxsiy tarkib uchun yaratilgan keng va qulay sharoitlar, ichki ishlar organlarining moddiy-texnika taʼminotidagi yangilanishlar yuzasidan xizmat sohalari va hududiy ichki ishlar organlari faoliyati bilan tanildi.

IIV Buxoro akademik litseyiga tashrif buyurib, dastavval Ichki ishlar vazirligi Buxoro akademik litseyi qoshida tashkil etilgan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi “Jasorat” tarixiy muzeyi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirildi.

Ichki ishlar vazirligi Buxoro akademik litseyi qoshida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi “Jasorat” muzeyi zamon talablariga mos tarzda tashkil etilganligi, muzey fondidan alohida madaniy va tarixiy qiymatga ega minglab noyob eksponatlar tarixi haqida qator maʼlumotlar berib o‘tildi.

Shundan so‘ng, viloyat IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan xizmati tomonidan “Xodimbay” ishlash tizimi, yoshlar bilan ishlash tizimi, kasbiy tayyorgarlik yo‘nalishi hamda kadrlar bilan taʼminlash sohasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha taqdimot o‘tkazilib, maʼlumotlar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech