25 Mart 2023 yil 260

Xonadonida giyohvandlik moddasi saqlab kelgan shaxs ushlandi

2023 yil 12 mart kuni Romitan tumani IIB xodimlar tomonidan olingan maʼlumotlarga ko‘ra Bog‘iturkon mahallasida yashovchi, J.Sh.ning yashash uyida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida uning xonadonidan bir dona gugurt qutisi va bir dona qog‘oz bo‘lagiga o‘rab joylashtirilgan, sof vazni 2,25 grammga teng bo‘lgan ozginadan ko‘proq miqdordagi “Marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK. ning 276-modda 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech