Xotin-qizlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni jilovlash masalalari muhokama qilindi
Bugun, 4 mart kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi kichik majlislar zalida boshqarma boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov boshchiligida masʼul rahbarlar ishtirokida viloyatda xotin-qizlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish borasidagi vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda, viloyat IIB XPB rahbariyati, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mutaxassis xodimlar ishtirok etdilar.
Bunda, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Buxoro viloyatida xotin-qizlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan masʼullarning hisoboti tinglandi.
Hisobotda ko‘rsatib o‘tilgan jinoyatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillar tanqidiy tahlil qilinib, batafsil muhokama etildi.
Shu o‘rinda, ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha masʼul xodimlari tomonidan mahallalarda ijtimoiy muhit barqarorligini taʼminlash, aholi, ayniqsa xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda turli salbiy illatlarga qarshi kurashish, oilalarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga doir amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va mavjud kamchiliklar borasida ham so‘z yuritildi.
Yakunda, soha mutaxassislariga galdagi vazifalar yuzasidan aniq va bajarish muddatlari belgilangan ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.