12 May 2023 yil 508

Xotin-qizlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga dolzarb masala sifatida qaralmoqda

Bugun, 12-may kuni viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari — Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i podpolkovnik Jonibek Boltayev boshchiligida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda G‘ijduvon tuman hokimligi mas'ullari va tumandagi 75 ta MFY xotin-qizlar faollari ishtirokida hududda ayollar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olishga doir amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi.

Yig‘ilishda qo‘shma qarorda belgilangan vazifalar, tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar ijrosini taʼminlash, xotin-qizlar tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, og‘ir ijtimoiy ahvoldagi ayollarning muammolarini yaqindan o‘rganib, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ularni ijobiy hal etish kerakligi alohida taʼkidlandi.

Jumladan, profilaktik hisobda turgan xotin-qizlar tomonidan qayta huquqbuzarlik va jinoyat sodir etilishining oldini olish ushbu ayollar bilan doimiy ravishda profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, ularning mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan manzilli chora-tadbirlar belgilash, mavjud muammolarining bartaraf etilishiga alohida ahamiyat qaratish lozimligi aytib o‘tildi.

Shuningdek, mahallalarda “xonadonbay” va “fuqarobay” ish tizimini samarali tashkil etib, shu asosda har bir xotin-qiz bilan individual tartibda ishlash orqali, oilaviy zo‘ravonlik va tazyiq qurboniga aylangan ayollarni aniqlanib, ular bilan turli psixologik-profilaktik suhbatlar olib borish borasida so‘z yuritildi.

Shu o‘rinda, xotin-qizlarga nisbatan har qanday ko‘rinishdagi zo‘ravonliklarning oldini olish va bu kabi salbiy holatlarga chek qo‘yishga qaratilgan profilaktik ogohlantirish ishlari olib borilib, “Himoya orderi” bilan taʼminlash orqali ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan zaruriy ko‘rsatmalar berildi.

Text to speech