Xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish masalalari tanqidiy muhokama qilindi
Bugun, 10-fevral kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi kichik majlislar zalida boshqarma boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev boshchiligida masʼul rahbarlar ishtirokida viloyatda xotin-qizlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish borasidagi vazifalarga bag‘ishlangan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda, viloyat IIB boshlig‘ining taalluqli o‘rinbosarlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha viloyat, shahar va tumanlar masʼul xodimlari ishtirok etdilar.
Bunda masʼullarning 2022-yil davomida Buxoro viloyatida xotin-qizlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirgan ishlari, kelgusidagi vazifalari yuzasidan hisoboti tinglandi.
Hisobotda ko‘rsatib o‘tilgan jinoyatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillar tanqidiy tahlil qilinib, batafsil muhokama etildi.
Shu o‘rinda, ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha masʼul xodimlari tomonidan mahallalarda ijtimoiy muhit barqarorligini taʼminlash, aholi, ayniqsa xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda turli salbiy illatlarga qarshi kurashish, oilalarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga doir amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va mavjud kamchiliklar borasida so‘z yuritildi.
Yakunda, soha mutaxassislariga galdagi vazifalar yuzasidan aniq va bajarish muddatlari belgilangan ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.