26 Aprel 2023 yil 669

Yana bir noqonuniy yer oldi-sotdisining oldi olindi

Buxoro tumani “Gulshanobod” mahallasida yashovchi 1973 yilda tug‘ilgan X.T. qasddan jinoyat sodir qilish yo‘liga o‘tib, aldash va ishonchni suiisteʼmol qilish yo‘li bilan o‘zganing juda ko‘p miqdordagi mulkini qo‘lga kiritish maqsadida Peshku tumani “Peshku” mahallasida yashovchi 1981 yilda tug‘ilgan J.Z.ni aldab, unga Buxoro tumani “Shergiron” mahallasida joylashgan 1.5 gektar bog‘ maydonini o‘ziga tegishli ekanligini aytib, hujjlashtirib berish evaziga 42.000 AQSH dollari talab qiladi.

2023 yil 13 aprel kuni  Buxoro viloyati IIB TQX JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Buxoro shahar hududida joylashgan “Karvon bozori” yaqinida 10.000 AQSH dollarni firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan  Buxoro shahar IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech