20 Fevral 2023 yil 1082

Yana bir noqonuniy yog‘ ishlab chiqaruvchi sex faoliyatiga chek qo‘yildi

2023 yil 18 fevral kuni G‘ijduvon tuman IIB xodimlari tomonidan tumanning Sho‘rcha mahallasida yashovchi 1988 yilda tug‘ilgan I.U. ismli shaxs qurilishi tugallanmagan binoda, noqonuniy tarzda yuqori kuchlanishli elektr tokiga ulanib, moy juvoz uskunalarini o‘rnatib ishlatib, isteʼmolga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelayotganligi to‘g‘risida tezkor maʼlumot olingan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, ushbu shaxs moy juvoz uskunalarini tumanning “Sarmijon” mahallasida yashovchi 1988 yilda tug‘ilgan T.Mga tegishli bo‘lgan qurilishi tugallanmagan binoda o‘rnatib, uning hovlisidan ishlab chiqarish sexi sifatida foydalanganligi uchun ijara haqi to‘lab kelganligi aniqlangan.

Voqea joyiga chiqqan tezkor-tergov guruhi tomonidan 3 dona moyjuvoz uskunalari, 250 litr paxta yog‘i, 1680 kilogramm kunjara yem mahsuloti hamda 27.020 kilogramm chigit mahsulotlari tekshirib ko‘rish maqsadida IIB ixtiyoriga olingan.

Hozirgi kunda mazkur holat bo‘yicha tuman IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech