5 Iyul 2023 yil 830

Yashash xonadonida giyohvandlik vositasini saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi

Joriy yilning 24-iyun kuni soat 15.00 larda Peshku tumani Shavgon mahallasida yashovchi 1996-yilda tug‘ilgan ayolning yashash uyi tuman IIB xodimlari tomonidan ko‘zdan kechirilganida, xonadonning ichki xonasida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ekspert kriminalistika markazining tegishli xulosasiga ko‘ra, bir dona polimer paket o‘ramiga o‘ralgan, quritilgan holdagi sof vazni 3,39 grammga teng bo‘lgan miqdordagi “Marixuana” giyohvandlik moddasini kelgusida o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tegov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech