O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish Akademiyasiga 2024/2025-o‘quv yili bo‘yicha o‘qishga qabul qilish uchun nomzodlar tanlovi boshlanganligini ma’lum qilamiz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 2022-yil 28-noyabrdagi PF–257-son Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish Akademiyasiga 2024/2025-o‘quv yili bo‘yicha o‘qishga qabul qilish uchun nomzodlar tanlovi 2024-yilning 01-fevral kunidan boshlanganligini ma’lum qiladi hamda o‘qishga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Buxoro Akademik litseyi binosida joylashgan Viloyat IIBning “Nomzodlarni qabul qilish markazi”ga murojaat qilishlari so‘raladi, 2024-yilning 01-mart kunidan keyin murojaat qilgan nomzodlarning arizalari qabul qilinmaydi.
Akademiyaning “Tergov faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishga qabul qilish harbiylashtirilgan va harbiylashtirilmagan ta’lim yo‘nalishlarida amalga oshirilib, o‘qish muddati uch yilni tashkil etadi.
-o‘qish davlat granti asosida amalga oshiriladi;
-tanlov tadbirlari to‘rt bosqichdan – dastlabki tanlov, maxsus psixologik tanlov, yozma imtihon (diktant) va test sinovlaridan iborat bo‘ladi;
-tanlov tadbirlarining barcha bosqichlari nomzodlarning doimiy yashash joyi bo‘yicha o‘tkaziladi;
-dastlabki tanlov tadbirlarida nomzodlarning hujjatlarini to‘plash va o‘rganish hamda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish amalga oshiriladi;
-maxsus psixologik tanlov, yozma imtihon (diktant) va test sinovlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi “Bilim va malakalarni baholash agentligi” tomonidan o‘tkaziladi;
O‘qishni tamomlagan bitiruvchilar yashash hududi bo‘yicha Ichki ishlar organlarining surishtiruv va tergov bo‘linmalarida xizmat o‘taydi.
Manzil: Buxoro shahri, Navoiy shox ko‘chasi, 6a-uy. (Ichki ishlar vazirligi Buxoro Akademik litseyi)
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefonlar: +998-90-613-52-32, +998-91-416-04-07, +998-91-401-41-19