O‘zbekiston Respublikasi IIV JXD HPX o‘rinbosari polkovnik Umida Abdullayeva boshchiligidagi masʼullar Buxoro viloyatida o‘rganish ishlarini olib borishdi
Buxoro shahrining “qizil” toifaga kiritilgan "Razzoq Hamroyev" mahallasida bo‘lgan o‘rganishlarda jinoyatchilikni oldini olish borasidagi "Buxoro tajribasi" asosida mahalla “beshlik” vakillari tomonidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, Buxoro viloyatini xotin-qizlar orasida jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish tajribasi bo‘yicha shakllantirilgan ishchi guruh, alohida eʼtibor qaratilishi lozim bo‘lgan xotin-qizlarga nisbatan to‘ldirilgan anketa-so‘rovnomalari, aniqlangan muammolar hamda ularning yechimlari bo‘yicha belgilan chora tadbir dasturlari o‘rganildi.
IIV masʼullarining Buxoro viloyatidagi o‘rganishlari davomida O‘zbekiston Respublikasining “Xotin qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchi himoya qilish tizimini yana-da takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati bo‘yicha ham tushuntirishlar berildi.