O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor B.Yu.Mirzaraximov IIV JIED oltinchi mintaqaviy hudud 1-son JIEKga tashrif buyurdi hamda Qorovul qo‘shinlari qo‘mondonligi 7536-sonli harbiy qism harbiy xizmatchilari uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Buxoro viloyatidagi o‘rganishlari doirasida Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish departamenti oltinchi mintaqaviy hudud 1-son jazoni ijro etish koloniyasiga tashrif buyurdi.
Vazir o‘rinbosari jazoni ijro etish muassasasida shaxsiy tarkib va mahkumlarga yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan masʼullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Shundan so‘ng Qorovul qo‘shinlari qo‘mondonligi 7536-sonli harbiy qism harbiy xizmatchilari bilan uchrashdi.
Tashrif jarayonida harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, xizmat olib borish jarayonlari, o‘zaro hamkorlikda olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, kelgusidagi qilinishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan o‘zining takliflarini berib o‘tdi.
Harbiy xizmatchilarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida serjant va ofitserlarning masʼuliyatini oshirish kerakligini taʼkidlab, bo‘linmalarda harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar va navbatchilarning xizmat olib borishi bo‘yicha ko‘rsatmalar berib o‘tildi.
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Bahodir Mirzaraximovning Buxoro viloyatidagi o‘rganishlari davom etmoqda.