20 Fevral 2024 yil 2077

O‘zbekiston Respublikasi IIV JXD JTSX boshlig‘i polkovnik Sh.Sh.Ibragimov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Buxoro viloyatida o‘rganishlar olib borilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi IIV JXD JTSX boshlig‘i polkovnik Sh.Sh.Ibragimov boshchiligidagi ishchi guruh Buxoro viloyatining shahar va tumanlarida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha olib borilgan ishlar, jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab bo‘layotgan omillarni birma-bir tahlil qilish maqsadida hududiy ichki ishlar organiga tashrif buyurib, ichki ishlar bo‘linmalarida xodimlar va fuqarolarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, mavjud muammolarga alohida eʼtibor qaratdi.

Jarayonda masʼullaring joriy 2024 yil davomida hududlarda jamoat tartibini saqlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborotlari tinglandi.

Polkovnik Sh.Sh.Ibragimov bu borada o‘z tavsiyalarini berib, amalga oshiriladigan keng ko‘lamli profilaktik chora-tadbirlar samaradorligini oshirish zarurligi borasida manzilli topshiriqlar berib o‘tdi.

Bundan tashqari, viloyat IIB JXX JTSB Maxsus muassasalar faoliyati hamda kinologiya bo‘linmalarining faoliyatlari o‘rganilib, tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, xodimlarga xizmat intizomi hamda qonuniylikni taʼminlash kerakligi borasida ko‘rsatmalar berildi.

Text to speech