21 Fevral 2024 yil
2075
O‘zbekiston Respublikasi IIV JXD JTSX boshlig‘i polkovnik Sh.Sh.Ibragimov boshchiligida Buxoro viloyatida jamoat tartibini saqlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi
Muhokamada Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarlari, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari hamda shaxsiy tarkib ishtirok etdi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan masʼul xodimlarning hisobotlari tinglanib, amalga oshirilgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida polkovnik Sh.Sh.Ibragimov tomonidan jamoat joylarida fuqarolar xavfsizligini hamda tungi vaqtlarda aholi tinchligi va osoyishtaligini taʼminlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga doir qator vazifalar belgilab berildi.