19 Oktyabr 2023 yil 3221

O‘zbekiston Respublikasi IIV Buxoro akademik litseyida Buxoro viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazi hamkorligida ilmiy amaliy ko‘rgazma tashkil etildi

Dastavval litsey o‘quvchilarining kasbga bo‘lgan sadoqati ва qiziqishlarini oshirish maqsadida Ekspert-kriminalistika xizmatida mavjud harakatlanuvchi mobil kriminalistik laboratoriya ва unda mavjud texnik vositalar namoyishi o‘tkazildi.

Jarayonda uchuvchisiz uchish apparatining imkoniyatlari, sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izi”dan ochishdagi roli, ommaviy tartibbuzarlilar sodir etilganda amalga oshiriladigan ishlar tartibi ва ketma-ketligi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shundan so‘ng akademik litseyi o‘quvchilari bilan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilib, “Kriminalistik texnikalarning umumiy qoidalari", "Dalillarni topish", "Olish ва qayd etish uchun qo‘llanadigan texnik-kriminalistik vositalar hamda metodlarning turlari", "Laboratoriya tadqiqotlarida ishlatiladigan texnik-kriminalistik vositalar ва metodlarning turlari", "Jinoyatlarni oldini olish, ochish ва tergov qilishda kriminalistik texnikaning o‘rni” mavzularida amaliy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Shuningdek, o‘quv mashg‘ulotlarida hozirgi kunda Ekspert-kriminalistika markazida o‘tkazilayotgan “Daktiloskopik”, “Ballistik”, “Sovuq qurol”, “Giyohvandlik moddalari” hamda “Avtotexnik” ekspertiza turlari, ekspertiza o‘tkazish uchun asoslar, ekspertizaga taqdim etiladigan obyektlar haqida so‘z yuritilib, o‘quvchilarning bu boradagi bilimlarini oshirish maqsadida ular tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.

Text to speech