11 Sentyabr 2024 yil 931

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari, probatsiya xizmati boshlig‘i polkovnik Sh.Uralov Shofirkon tumanidagi “qizil” toifaga kiritilgan mahallalar hamda probatsiya ro‘yxatida turgan nazorat ostidagi shaxslar bilan “yettilik”ning hamkorlikda olib borilgan ishlarini o‘rgandi

Xizmat safari bilan Buxoro viloyatida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari, Probatsiya xizmati boshlig‘i polkovnik Sh.Uralov o‘rganishlarning birinchi kunida viloyat 3 sektor hududiga kiruvchi Shofirkon tumanida bo‘ldi.

Bunda, tuman hududida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha olib borilgan ishlar, jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab bo‘layotgan omillar birma-bir tahlil qilindi.

O‘rganishlar davomida jinoyatchilik salmog‘i oshgan “qizil” mahallalarida bo‘lib, “yettilik” vakillarining hamkorlikda jinoyatchilikni oldini olish borasida olib borgan ishlari bilan tanishdi.

Jarayonda mahallalarning kriminogen vaziyatiga taʼsir qilayotgan omillar, shuningdek, kompleks yondashuv asosida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish, salmog‘i yuqori bo‘lgan jinoyatlarni oldini olishning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda maxsus kontingent bilan ishlash kerakligi borasida alohida topshiriqlar berildi.

Shuningdek, mahallarda va taʼlim muassasalarida zamonaviy kuzatuv kameralarini o‘rnatish, xavfsizlikni taʼminlash borasi ham o‘rganishlar olib borildi.

Probatsiya xizmati boshlig‘i polkovnik Sh.Uralov o‘rganishlari doirasida Shofirkon tumanidagi kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar xonadonlarida bo‘lib, ularning mavjud muammolarini o‘rgandi.

Bu kabi o‘rganishlar davom etmoqda.

Text to speech