O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Buxoro Akademik litseyiga, o‘qishga qabul qilish uchun tanlov e’lon qilinadi
Buxoro viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati 2025-yilning 4-fevral kunidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Buxoro Akademik litseyiga, Buxoro viloyati umumta’lim muassasalari 9-sinf bitiruvchilarini o‘qishga qabul qilish uchun tanlov e’lon qilinganligini ma’lum qiladi.
Tanlovda Buxoro viloyatida doimiy ro‘yxatda turgan nomzodlarning o‘qishga kirish uchun arizalari 2025-yilning 15-aprel kuniga qadar qabul qilinadi.
Nomzodlar o‘zlari bilan quyidagi hujjatlarni olib kelishlari so‘raladi.
- tug‘ilganlik haqida guvohnomasi asli va nusxasi;
- yaqin qarindoshlarining (ota-ona, aka-ukalar, opa-singillari) pasport va tug‘ilganlik haqida guvohnomalari nusxalari, nikoh qayd etilganligi yoki bekor qilinganligi, qarindoshlarining o‘limi haqidagi guvohnomalari nusxalari (asli ko‘rsatilgan holda);
- 3 x 4 o‘lchamdagi 6 ta, 9 x 12 o‘lchamdagi 2 ta rangli foto sur’at (bosh kiyimsiz);
- O‘qish joyidan ma’lumotnoma hamda tavsifnoma;
- Fanlarni o‘zlashtirishi to‘g‘risida o‘qish joyidan maktab direktori tomonidan tasdiqlangan ma’lumotnoma;
ESLATMA; O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Buxoro Akademik litseyiga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar otasi yoki onasi (vasiy yoki homiy) bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi IIV Buxoro Akademik litseyiga murojaat qilishlari so‘raladi, 2025-yilning 15-aprel kunidan keyin murojaat qilgan nomzodlarning arizalari qabul qilinmaydi.
Manzil: Buxoro shahar Navoiy shox ko‘chasi 6a-uy
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefonlar: +998-99-174-22-20, +998-97-183-75-70